Kate Winslet




Kate Elizabeth Winslet (talaffuzi: Keyt Elizabet Uinslet; 1975-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) ingliz aktrisasidir. Koʻplab yutuqlarga, jumladan, bir marta Oscar, bir marta Grammy, toʻrt marta Screen Actors Guild, uch marta BAFTA va besh marta Oltin globus mukofotlariga sazovor boʻlgan.

Winslet Angliyaning Berkshire grafligidagi Reading shahrida tugʻilgan. Redroofs teatr maktabida dramaturgiya boʻyicha tahsil olgan. Aktrisa oʻlaroq birinchi marta 15 yoshida Dark Season (1991) serialida rol ijro etgan. Keyinchalik, Heavenly Creatures (1994) filmida rol oʻynagan. Sense and Sensibility (1995) filmidagi roli ortidan BAFTA mukofoti bilan taqdirlangan. Titanic (1997) romantikasida bosh qahramonni jonlantirgan. Titanic tarixdagi eng kassabop filmlardan biridir.

Winslet keyinchalik Quills (2000), Iris (2001), Finding Neverland (2004), Little Children (2006), Revolutionary Road (2008), The Reader (2008), Versaldagi muhabbat (2014) kabi filmlarida rollar ijro etgan. The Reader filmidagi roli uchun BAFTA va Oscar („Eng yaxshi aktrisa uchun“ nominatsiyasida) mukofotlarini qoʻlga kiritgan.

2009-yilda Winslet Time jurnali tuzgan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan. 2012-yilda Britaniya imperiyasi ordeni (CBE) bilan taqdirlangan. Winslet uch marta turmush qurgan. Rejissyor Sam Mendes bilan ajrashganidan soʻng 2012-yilda biznesmen Edward Abel Smith bilan turmush qurgan. Uning har bir nikohdan bittadan farzandi bor.

Hayoti



Kate Elizabeth Winslet 1975-yilning 5-oktyabrida Angliyaning Berkshire grafligidagi Reading shahrida tugʻilgan. Otasi — Roger John Winslet, onasi — Sally Anne (qizlik familiyasi Bridges). Kate kelib chiqishiga koʻra britan, irland (otasi tomondan) va shved (onasi tomondan) ajdodlarga mansubdir.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz