Katarina Gerboldt
Katarina Aleksandrovna Gerboldt (ruscha: Катарина Александровна Гербольдт; 1989 -yil 28-mart, Leningrad, SSSR) — ayollar oʻrtasida yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. 2008-yildaoʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempioni, 2009-yilda Rossiya chempionati bronza medali sovrindori boʻlgan. 2010-yilningbahoridan 2014-yilgacha sherigi Aleksandr Enbert bilan juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan. Katarina Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi. U 2015-yilda faoliyatini yakunlagan.
Faoliyati
Katarina Gerboldt 2008—2009-yilgi mavsumda Gran-Pri seriyasining „Rossiya kubogi“ va „NHK Trophy“ bosqichlarida qatnashishi eʼlon qilingan, ammo kasalligi tufayli Moskvada ishtirok eta olmagan, Yaponiyada esa 12-oʻrinni egallab, yahshi natija koʻrsatmagan. 2009-yilgi Rossiya chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan Adelina Sotnikova va Yelizaveta Toʻxamisheva Xalqro konkida uchish ittifoqining yosh cheklovlari tufayli xalqaro musobaqalarda qatnasha olmaganligi sababli, Katarina Yevropa chempionatida ishtirok etishi uchun Rossiya terma jamoasiga kiritilgan (bu chempionat uchun jami Rossiyada ayollar oʻrtasida konkida uchish boʻyicha ikkita vakillik bor edi). Ozining ilk Yevropa chempionatida yaxshi natija koʻrsatib, oltinchi oʻrinni egallagan. Katarina 2009-yil may oyida Tatyana va Aleksey Mishin murabbiyligidan ketib, Moskvaning CSKA klubida ishlaydigan Svetlana Sokolovskaya murabbiylida mashq qila boshlagan.
Katarina 2010-yilgi milliy chempionatda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi, bor-yoʻgʻi 9-oʻrinni egallagani sabab terma jamoaga kiritilmadi. Keyin Tverda boʻlib oʻtgan Rossiya kubogi finalida ikkinchi oʻrinni egallab, juftlikda konkida uchishga oʻtishga qaror qildi. U Sankt-Peterburgda Tamara Nikolayevna Moskvina guruhida sherigi Aleksandr Enbert bilan mashq qiladi. 2011-yilgi Rossiya chempionatida juftlik tajribaliroq Ilyushechkin / Maisuradze juftligini ortda qoldirib, 4-oʻrinni egalladi.
2012-yilda Katarina mashgʻulotlarda jiddiy jarohat oldi. Shu sababli, juftlik Gran-pri bosqichlaridan voz kechishdi va 2012—2013-yilgi mavsumning birinchi yarmidagi barcha musobaqalarni, shu jumladan Rossiya chempionatini oʻtkazib yuborishdi.
2014-yil may oyida Aleksandr Enbert Nina Mixaylovna Moser guruhiga oʻtdi.
Natijalari
Juftlikda konkida uchish
(A. Enbert bilan)
Yakkalik konkida uchish natijalari
J = oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqadan chiqib ketdi
Manbalar
uz.wikipedia.org