Katalpa




Katalpa (Catalpa) — bignoniyadoshlar oilasiga mansub manzarali oʻsimliklar turkumi. Bargi oddiy, uzun, yirik. Guli oq, qoʻngʻiroqsimon, toʻpguli shingil yoki roʻvaksimon. Mevasiuzun (20—40 sm), koʻp urugʻli. 2 pallali, dukkaksimon. Urugʻi yassi, uchi kokilli. 14 turi bor. Urugʻi, qalamchasi va ildiz bachkisidan koʻpaytiriladi. Yogʻochi yengil, yumshoq, chirishga chidamli.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz