Katalaza




Katalaza (yunoncha: katalysis — buzilish) — oksidoreduktazalar sinfiga mansub ferment. Vodorod peroksid (HO)ning suv (HO) bilan kislorod (O)ga parchalanishini katalizlaydi:

Suvning quyi konsentratsiyalarida katalaza quyi spirtlar, polifenollar va boshqalarni oksidlab peroksidazaga xos faollikni namoyon qiladi. Katalaza barcha hayvon va o‘simliklar to‘qimalarida, asosan, sut emizuvchilar jigari va eritrotsitlarida hamda aerob mikroorganizmlarda mavjud. Molekular massasi 225000—248000 g/mol. Katalaza ingibitorlariga ko‘pchilik tuzlar (mas, sulfidlar, sianidlar, azidlar, ftoridlar) kiradi. Katalazaning biologik funksiyasi to‘qima membranalarini HO dan, superoksiddismutaza bilan birgalikda esa superoksid radikalidan himoya qilishdir. Odam eritrotsitlaridagi katalaza faolligini aniqlash tibbiyotda baʼzi kasalliklarga tashxis qo‘yishda qo‘llaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz