Kast




Kast , Kasht (sugʻdiycha — tog , balandlik) — Chatniyonga qarashli viloyat va shahar. Hisor tizma togʻlarida joylashgan. Mugʻ togʻidan topilgan sugʻdiy hujjatlarda (8-asr boshi) Panch, yaʼni Panjikentning turkiy hokimi Chaqin Chur Bilga Bichut oʻgʻlining nomi keltirilgan, u Panch bilan birga K. rustoqining ham hokimi boʻlgan (7-asr oxiri — 8-asr boshi). U zarb etgan tangalardagi tamgʻalar K.dagiga oʻxshash. Ilk oʻrta asrlarda K. ancha yirik viloyat boʻlgan, chunki uning hukmdori oliy shohona unvon bilan ixshid deb atalgan; bu unvonga undan tashqari faqat Sugʻd hukmdorlarigina ega boʻlishgan. Panjikent hokimlari ancha kamtarona unvon bilan — "mray", yaʼni "janob" deb atalganlar, bu sugʻdiy zodagonlar tabaqasida 2 darajali unvon sanalgan. 9-asr 1 choragida K. viloyati xalifalikka 10 ming dirham miqdorda xiroj toʻlagan. Bu qoʻshni Karron, Vashgird kabi viloyatlarnikidan ancha ortiq boʻlgan.

Adabiyot




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz