Kassius Marselyus Kulidj
Kassius Marselyus Kulidj (1844-yil 18-sentabr — 1934-yil 13-yanvar) amerikalik rassom boʻlib, asosan oʻzining "Poker oʻynayotgan itlar" seriyali rasmlari bilan tanilgan. Oilasida „Kesh“ yoki „Kash“ nomi bilan tanilgan, u 19-asrda oʻz ishini koʻpincha bosh harflar bilan imzolagan, baʼzan kulgili chiqishi uchun ismini
Kash Koolidge sifatida yozib qoldirgan.
Dastlabki hayoti
Kulidj Antverp shaharchasida (Nyu-York) abolitsionist Kvaker fermerlari oilasida tugʻilgan va Filadelfiya shahrida (Nyu-York) oʻsgan.
U rassom sifatida oz rasmiy taʼlim olgan.
Ijodi
1860-yillarning boshlarida oilaviy fermani tark etgandan soʻng, Kulidj koʻplab ish joylariga ega boʻlgan. 1868- va 1872-yillar orasida u dorixona va simvollar rassomi boʻlib ishlagan, bank va gazetaga asos solgan, keyin Antverpdan (Nyu-York) Rochesterga koʻchib oʻtgan va u yerda itlarni insonlarning holatlarida tasvirlashni boshlagan.
Kassius oʻzining sanʼat kariyerasini 20 yoshlarida boshlagan, uning mahalliy gazetalarga sketchlar tayyorab berishi dastlabki ishlaridan biri bo'lgan.
Komik yoʻnalishdagi suratlar
U „fondagi komik tasvirlar“ yaratuvchisi sifatida ularni patentlagan, bu rasmlar karikaturalangan tanasi bilan tasvirlangan tasvirchi Kulidj chizgan ikki tayoq ustidagi tuvalda yaratiladi, bunda tana bosh qismi ochiq qoladi, odamalr yuzlarini boʻshliqdan chiqarib kulgili fotosuratlarga tushishi mumkin edi. Yakuniy mahsulotlar karnavallarda suratga olish moslamalari yordamida yaratilgan fotosuratlarda yaratila boshandi.
Seriyali suratlar
Oʻsha paytda birinchi navbatda reklama taqvimlarini ishlab chiqaruvchi Brown & Bigelow reklama firmasiga koʻra Kulidj 1903--yilda firma bilan aloqalarini boshlagan. 1900-yillarning oʻrtalaridan 1910-yillarning oʻrtalarigacha Kulidj ular uchun oʻn oltita yogʻli boʻyoqda chizilgan rasmlarni yaratdi, ularning barchasidagi antropomorfik itlar, jumladan, "Poker oʻynayotgan itlar" seriyasining toʻqqizta surati Kulidj ixtiro qilgan motif boʻlgan.
Buyurtma qilingan 16 ta rasm seriyasi va ularning mavzulari:
Auktsionlar tarixi
2006-yil 15-fevral kuni Kulidjning ikkita kartinasi, Brown & Bigelow tomonidan qo‘llanilgan rasmlarning asl nusxasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan Jasoratli nayrang va Vaterloo Doyl Nyu-Yorkdagi auktsioniga qo‘yildi. 30 000 dan 50 000 dollargacha sotilishi kutilayotgan bu juftlik 590 400 dollarga sotilgan. Natija avvalgi auktsion rekordidan 74 000 dollarlik oshib ketadi.
Kulidjning 1894-yilgi "Poker oʻyini" kartinasi 2015-yil 18-noyabrda Nyu-Yorkdagi Sotheby’s savdosida 658 000 dollarni sotib olingan.
Manbalar
Bibliografiya
uz.wikipedia.org