KASSEL



KASSEL — Germaniyadagi shahar, Gessen yerida, Fulda daryosi bo’yida. Aholisi 198 ming kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Transport mashinasozligi (lokomotivsozlik, vagonsozlik va avtomobilsozlik), elektrotexnika, to’qimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati, asbob-uskunalar, kimyoviy tolalar ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Davlat badiiy to’plami, Gessen yeri muzeyi, yangi Galereya bor. Shaharga 10-asrda asos solingan. 13-18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz