Kasper Hämäläinen




Kasper Woldemar Hämäläinen (talaffuzi: Kasper Hyamyalyaynen; 1986-yil 8-avgustda tugʻilgan) — Finlandiyalik professional futbol yarim himoyachisi, Ykkönen jamoasi TPS va Finlandiya terma jamoasida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



TPS Turku



Turku shahrida tugʻilgan Hamaläinen oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri TPS klubida boshlagan. 2003-yilda professional debyut qilgan. 2008-yil iyun oyida Portugaliya Primeira Liga klubi CD Nacional uni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi edi, ammo futbolchi juda qimmat ekani aytildi. NEC hamda Italiyaning Roma, Lazio, Udineze va Siena klublari ham qiziqish bildirgan.

Djurgårdens IF



2009-yilning dekabrida uni Shvetsiyaning Djurgården klubi sotib olgani malum boʻldi. 2010—2011-yilgi mavsumda Allsvenskanda 30 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2012-yilgi mavsum oldidan Djurgården bosh murabbiyi Magnus Pehrsson Hämäläinenni koʻproq hujumkor rolida sinab koʻrdi.

Lech Poznań



2013-yil yanvar oyida Hämäläinen Polshaning Lech Poznań jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Transfer narxi oshkor etilmadi, ammo 250 000 yevro atrofida bo‘lishi taxmin qilingandi. 24-fevral kuni Ruch Chorzow qarshi debyutida (4:0) gol urdi. Hämäläinen 2013-yilning bahorgi mavsumida 14 ta oʻyin oʻtkazdi, shundan 12 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Lech Poznań ligada 2-oʻrinni oldi va keyingi mavsum uchun UEFA Yevropa Ligasi saralashiga yoʻl oldi.

Legia Warsaw



2016-yilning 11-yanvarida Lechning azaliy raqibi Legia Varshava klubiga tekinga o‘tib, 3+1⁄2 yillik shartnoma imzoladi.

Jablonec



2019-yil 6-sentyabrda Hämäläinen Chexiya Birinchi ligasi klubi FK Jablonecga qo‘shildi va ikki yillik shartnoma imzoladi.

TPSga qaytish



2021-yil 7-may kuni Hämäläinen 2,5 yillik shartnoma bilan TPSga qaytishi eʼlon qilindi.

Xalqaro faoliyati



Hämäläine nFinlandiya U17 terma jamoasi bilan 2003-yilda Finlandiyada boʻlib oʻtgan U17 Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Milliy terma jamoadagi debyutini 2008-yilning 19-noyabrida Shveysariyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. UEFA Yevro-2012 saralash bosqichida oʻzini milliy terma jamoaning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatdi. Ilk terma jamoadagi golini 2010-yilning 17-noyabrida San-Marinoga qarshi o‘yinda urgan (8:0).

Shaxsiy hayoti



Hämäläinenning otasi Heikki Hämäläinen — sobiq yengil atletikachi.

Faoliyati statistikasi



Klub



15-sentyabr, 2021-yil holatiga koʻra[8][9]

Xalqaro



26-mart, 2019-yil holatiga koʻra[10]

Xalqaro gollar

Yutuqlari



Lech Poznań

Legia Warsaw

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz