Kasilyas





Iker Kasilyas Fernandes (ispancha: Iker Casillas Fernández; 20 may 1981, Mostoles, Madrid) — Ispaniyalik futbolchi, darvozabon, Real Madrid jamoasi va Ispaniya terma jamoasi Sardori, 2 Karra Yevropa chempioni 2008 2012 va Jahon chempioni 2010 Ispaniya terma jamoasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻyinchi hisoblanadi.

Oilasi



Kasilyas 20 may 1981 yili Madridda tugʻildi. Otasi Xose Luis Kasilyas ta'lim vazirligi ishchisi, onasi esa sartarosh edi. Uning ota-onasi Navalakruz (Avila)dan koʻchib kelishgan edi. Iker hali bolaligida u Baskda yashadi, lekin u har doim Madridni oʻzining qadrdon shahri deb hisoblardi. Kasilyasning oʻzidan yetti yosh kichkina Unay degan ukasi bor. U CD Mostoles klubi sharafini himoya qiladi.

Jamoa



Iker 8 yoshida Realga kelib qoʻshildi va butun faoliyatini shu jamoada oʻtkazmoqda. Kasilyas Ispaniya terma jamoasida oʻynadi va u 1999 yili Meridiana kubogi va yoshlar oʻrtasida jahon chempionatida gʻalaba qozondi. 1999/2000 yidagi mavsumda oʻzini koʻrsata oldi — u jarohatlangan Bodo Illgner oʻrniga maydonga tushdi va Chempionlar ligasi finalida Valensiya bilan boʻlgan oʻyinda jamoadoshlariga yordam berib, chempion boʻlishga erishdi. Tez orada Kasilyas oʻz jismoniy holatini yoʻqota boshladi va uning oʻrniga asosiy tarkibda Sezar maydonga tusha boshladi. Lekin Iker oʻzining asosiy tarkibdagi joyini Chempionlar ligasi finalida Bayer bilan boʻlgan oʻyinidan soʻng yana qaytarib oldi. Ushbu oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, bir necha chiroylik “Seyv”larni amalga oshirishi orqali uning jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozonishiga sabab boʻldi. 2002/03 mavsumda darvozabon birinchi raqam ostida maydonga tusha boshladi va hech qanday jarohatlarsiz Chempionlar ligasida 15 ta oʻyinda, milliy chempionatda 38 ta oʻyinda oʻz jamoaning sharafini himoya qildi va jamoa chempionlikka erishdi.
2003/04 mavsumda u atigi bir dona oʻyinni oʻtkazib yubordi. Lekin bu narsa Qirollik klubiga yordam bermadi. Oʻsha mavsumda chempionlikni saqlay olmadi va Ispaniya kubogi finalida magʻlubiyatga uchradi.

Milliy terma jamoa



Shvedlar bilan oʻyindagi debyutidan soʻng, u zahira darvozabon sifatida EURO-2000 yuborildi va u musobaqada birorta ham oʻyinga tushirilgani yoʻq. Ikki yildan soʻng, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi jahon chempionatidagi oʻyinlarda Santyago Kanisaresning dublyori boʻlishi kerak edi. Lekin Kanisares soʻnggi lahzalarda jarohat olishi va tarkibdan chiqib ketishi Kasilyasning jahon chempionati final bosqichida debyut qilishiga (Paragvayga qarshi oʻyin) zamin yaratdi. U irlandlar bilan boʻlgan oʻyinda qahramonga aylandi – ispanlar penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, chorakfinalga yoʻl olishdi. Iker EURO-2004 saralash bosqichida 8 ta oʻyinda maydonga tushdi va u oʻyinlarda 4 ta gol oʻtkazib yubordi. Shuningdek, Kasilyas turnirning final bosqichida ham asosiy darvozabon boʻldi va guruh bosqichidan turnirni tark etishdi. EURO-2008 musobaqasida u terma jamoa sardori boʻldi va musobaqadagi barcha oʻyinlarda ishtirok etdi (Gretsiya bilan boʻlgan, hech narsani hal qilmaydigan oʻyindan tashqari). Ular bu musobaqada gʻalaba qozonib, Yevropa chempioni nomiga sazovor boʻlishdi. Jahon chempionati-2010da ham terma jamoa sardori boʻldi va bu musobaqada ham gʻolib boʻlib, tarixda birinchi marta Ispaniya terma jamoasini jahon chempioni boʻlishiga katta hissa qoʻshdi. FIFA esa Iker Kasilyasni Jahon chempionatidagi eng yaxshi darvozabon deb tan oldi.

Terma jamoada




Personal




Shaxsiy




Shaxsiy hayoti



2009-yildan boshlab, ispan sport teleboshlovchisi boʻlmish Sara Karbonero bilan munosabatda boʻlib yuribdi.

Xayriya ishlari




Qiziqarli faktlar




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz