Kashmiri




Kashmiriy tili — kashmiriylar tili. Hindistondagi Jammu va Kashmir shtati aholisining rasmiy tili. Hinderon tillarining dard guruhiga mansub. Kashmir vodiysida tarqalgan. Bu tilda 7.1 million kishi gaplashadi (2011). Kashmiriy tilida asl kashmiri, kashtavari, poguli, siraji, rambani dialektlari mavjud. Kashmiriy tilida 4 kelishik tizimi, 2 jins kategoriyasi bor; sintaksisi uchun gaplarning ergativ qurilishli boʻlishi harakterli. Hozirgi yozuvi arab alifbosiga asoslangan. Adabiy til uchun Kashmir, Srinagar shaharlari dialekti asos boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz