Kasb-hunar leksikasi
Kasb-hunar leksikasi - (professionalizmlar) muayyan kasb yoki hunar egalari nutqiga xos soʻz va tushunchalar majmui. Boshqa tildan soʻz olish, shevaga xos soʻzlar, umumxalq tiliga xos maʼnosi oʻzgartirilgan soʻzlar K.-h. l.ning shakllanishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Bir buyum, narsani turli kasb kishilari tomonidan xilma-xil (mas, "qozon" — qandolatchilarda "potila" va b.) nomlanishi ham K.-h. l.ni yuzaga keltirishi mumkin. Kasb-hunarning rivojlangan tarmogʻi (mas, paxtachilik, tibbiyot, texnika va b.) leksikasi boy boʻlib, shu sohalarga oid alohida adabiyotlar ham nashr etilgan. Fan-texnikaga oid terminlarning , umuman, til lugʻat tarkibining boyishida va xalqning moddiy madaniyat tarixini oʻrganishda ular muhim manba hisoblanadi. K.-h. l. badiiy adabiyotda muayyan personaj xususiyati, tabiatini chuqurroq yoritishda badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org