Karting




Karting (ing . carting) — kartlar (osma qurilmasiz, kuzovi yoʻq jajji avtomobillar)da oʻtkaziladigan sport poygasi. K. yoʻllari har xil (koʻpincha, kichik) radiusli oʻng va soʻl burilishlari soni koʻp boʻlgan murakkab shakli bilan ajralib turadi; yoʻlning uzunligi, Xalqaro avtomobil federatsiyasi talablariga binoan 400 m dan 1200 m gacha, kengligi 6 m dan 10 m gacha boʻladi. Toʻgʻri yoʻlning uz. 100 m dan oshmaydi. Toʻgʻri yoʻdda kartlarning tezligi soatiga 150 km gacha boradi. K. 1950-yillar oʻrtasi AQShda paydo boʻldi. 1959 y.dan K. boʻyicha jahon chempionati musobaqalari oʻtkazib kelinadi (yana q. Avtomobil sporti).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz