Karsten Baumann




Karsten Baumann (1969-yil 14-oktyabrda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, oxirgi marta Hansa Rostockni boshqargan.

Futbolchilik faoliyati



Baunman oʻn ikki yilini Bundesligada oʻtkazdi. Yoshligida 21 yoshgacha boʻlgan Germaniya terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati



Baumann murabbiylik faoliyatini 2008-yil 19-fevralda „FC Rot-Weiß Erfurt“da boshlagan. Bosh murabbiy sifatidagi ilk oʻyini 2008-yil 23-fevralda VfL Wolfsburgning zaxira jamoasiga qarshi boʻlgan. Oʻshanda jamoasi bilan 5:0 hisobida gʻalaba qozongan. 2007—2008-yilgi mavsumni jamoasi yettinchi oʻrinda yakunladi. Baumann 2009-yil 28-aprelda Rot-Weiß Erfurt Kickers Emdenga 1:0 hisobidagi magʻlubiyatli oʻyindan uch kun oʻtib ishdan boʻshatildi.

Baunmannning keyingi faoliyati VfL Osnabrückda boʻldi. 2009-yil 12-iyunda murabbiy boʻlgan. „Osnabrück“ bosh murabbiyi sifatidagi birinchi uchrashuvi Braunschweigning „Eintracht“iga qarshi boʻlgan. Natijada jamoasi 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2011-yil 21-martda Alemannia Aachenga 3:1 hisobida magʻlub boʻlganidan keyin isteʼfoga chiqarilgan edi.

Keyin 2012-yil 22-fevralda Erzgebirge Aue Baumannni Rico Schmitt oldingi kuni ishdan boʻshatilgandan soʻng bosh murabbiy qilib oldi. Erzgebirge Aue bosh murabbiyi sifatidagi birinchi oʻyini Energie Cottbusga qarshi boʻlgan, bu safargi debyutida ham jamoa yutqazib qoʻydi (2:0). 2013-yil 28-aprelda ishdan boʻshatildi. Soʻnggi oʻyinida jamoasi MSV Duisburg bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi.

Keyin Duisburgdagi faoliyatini 2013-yil 8-iyulda boshladi. 2014-yilning 15-aprelida Duisburg maʼmuriyati Baumannning boshqa mavsumga qaytmasligini eʼlon qildi. Soʻnggi oʻyinini 2014-yil 15-may kuni davlat kubogi finalida oʻtkazdi va Duisburg 5:2 hisobida gʻalaba qozondi.

2014-yil 9-dekabrda Hansa Rostock bosh murabbiyligiga qabul qilindi. 2015-yil 5-dekabrda ishdan boʻshatildi.

Murabbiylik natijalari



9-avgust, 2015-yilgi holat boʻyicha

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz