Karson Kuhlman




Karson Kuhlman (talaffuzi: Karson Kuxlman) (1995-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi.

Oʻyin faoliyati



Havaskor



Karson Kuhlman oʻz faoliyatini 2010-yildan 2013-yilgacha Minnesota shtati Oliy maktablar ligasida (USHS) Cloquet maktabi xokkey jamoasi bilan oʻynashdan boshlagan. Shundan soʻng, Karson Kuhlma 20112012-yilgi mavsumda „Fighting Saints“ xokkey klubi safida USHL debyutini oʻtkazdi.

Karson Kuhlman 20132014-yillarda „Dubuque Fighting Saints“ xokkey jamoasi safida bitta toʻliq mavsum oʻtkazdi. Karson Kuhlman USHL All-Star oʻyinida oʻynash uchun tanlangan edi.

20142015-yilgi mavsumda Karson Kuhlman klub safida NCAA turnirida ishtirok etdi. Karson Kuhlman 20152016-yilgi mavsumda klub jamoasi muqobil sardor sifatida ishladi. Bu mavsumda Karson Kuhlman 40 oʻyinda maydonga tushib, 12 gol urishga muvaffaq boʻldi.

Professional



Karson Kuhlman 2018-yil 11-aprelda "Boston Bruins" xokey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Karson Kuhlman "Boston Bruins" xokkey klubining Amerika Xokkey Ligasi (AHL) filiali "Providence Bruins" xokkey klubi safiga yuborildi.

2018 —20 19-yilgi mavsum Karson Kuhlman klub safida 25 ochko toʻpladi. 2019-yil 14-fevralda Karson Kuhlman David Pastrňakning jarohatidan soʻng "Boston Bruins" xokkey klubi safiga chaqirildi. Karson Kuhlman NHLdagi debyutini 17-fevral kuni "Los Angeles Kings" xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (4:2 hisobida g‘alaba) oʻtkazdi. Karson Kuhlman birinchi NHL golini Bruins klubi safida kkinchi oʻyinida 19-fevral kuni "San Jose Sharks" xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (6:5 hisobida qoʻshimcha taymdagi gʻalaba) kiritdi.

2019-yil 9-iyun kuni Karson Kuhlman Stanley kubogi finalining 6-o‘yinida "St. Louis Blues" xokkey klubiga qarshi o‘yinda o‘zining birinchi Stanley kubogi pley-off golini kiritdi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz