Karre de l’Est




Karre de l’Est (fransuzcha: Carré de l'Est — Lotaringiyada ishlab chiqariladigan yumshoq fransuz pishlogʻi. Pishloqning nomi shaklidan olingan boʻlib — Carré „kvadrat“ va tarqalish maydoni — Est „sharq“ boʻlib, asosan sharqiy mintaqalarda ishlab chiqariladi: Marna, Yuqori-Marna, Meuse, Yonna, Vozj.

Pishloq boʻlagi mayda, toʻrtburchak shaklda boʻlib, ogʻirligi 330 grammni tashkil qiladi. Pulpa yopishqoq, ogʻizda eriydi. Qobiq qizil rangda, nam va yopishqoq, baʼzan oq mogʻor bilan qoplangan .

Pishloq pasterizatsiyalangan sigir sutidan Kamambert pishlogʻiga oʻxshab tayyorlanadi, lekin u qattiqroq va quyuqroq. Pishloq 5 hafta davomida tayyor boʻladi. Eng yaxshi pishloqlar maydan avgustgacha ishlab chiqariladi, lekin umuman olganda, ishlab chiqarish jarayoni martdan oktabrgacha davom etadi.

Pishloq bozorda 1939-yilda paydo boʻlgan.

Yogʻ miqdori — 40-45 %.

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz