Karpini Jovanni da Plano




Karpini Jovanni da Plano (1182 — 1252) — italiyalik sayyoh va rohib. Moʻgʻullarning gʻarbga qilgan istilosidan soʻng Rim papasi Innokentiy IV tomonidan (1245-yilgi Lion sobori topshirigʻiga koʻra), josuslik maqsadida yuborilgan elchilarga bosh boʻlgan (1245—1247). Liondan safarga chiqib, Janubiy Rossiya, Xorazm, Yettisuv, Tarbagʻatoy orqali qoon oʻrdasiga, Qoraqurumga kelgan. Bu yerda u moʻgʻul zodagonlarining buyuk qoon saylash marosimi — qurultoyida qatnashadi va Oʻqtoyxonning oʻgʻli Guyukxonning taxtga oʻtirish marosimida qatnashgan. Karpini vataniga qaytayotganda Botuxon qabulida boʻlgan, 1247-yili Guyukxon xati bilan qaytib kelgan. Safar hisobotini „Libellus historicus“ asarida bayon etib, unda Karpini koʻrgan joylari, xususan, Movarounnahrning geografiyasi, xalqlari haqida maʼlumotlar toʻplagan. Xorazm, Qizilqum, Amudaryo, Sirdaryo, Tyan-Shan togʻlari haqida umumiy tushunchalar bergan. Yevropaliklar Sharq madaniyatiga oid maʼlumotlarni birinchi marta Karpini asarlaridan olgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz