Karpentariya qoʻltigʻi




Karpentariya qoʻltigʻi - Arafura dengizidagi qoʻltiq. Avstraliyaning shim. qirgʻoqlarida. Keyp-York va Arnemlend yarim orollari oraligʻida. Maydon 328 ming km. Quruqlik ichkarisiga 600 km kirib borgan. Chuq. 71 m gacha. Suvining oʻrtacha temperaturasi yuza qismida 23—29°. Shoʻrligi 34,8%(>. Suv koʻtarilishi 3,2 m gacha. Sohillari past, tekis, botqoqlashgan, mangra oʻrmonlari bilan qoplangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz