Karpatka
Karpatka (polyakcha: Karpatka) ― polshaning anʼanaviy torti yoki sut va vanil qoʻshilgan pudingli yoki qaymoqli krem bilan toʻldirilgan pishiriq. U odatda ikki xil xamirdan iborat: birinchi qavat usti marmelad quyuq krem bilan qoplangan uvalanuvchi xamir, ustidan qaynoq suvga qorilgan xamir. Shirinlik qaynoq suvga qorilgan xamir buklangan shakli va ustiga sepilgan oppoq shakar upasi bilan Karpat togʻlarining qorli choʻqqilarini yodga soladi Shuning uchun ham unga mazkur togʻning nomi berilgan.
Desertning kelib chiqishi boʻyicha aniq faktlar mavjud emas. Katta ehtimol bilan 1950-1960-yillarning boshlarida paydo boʻlgan, lekin faqat 1970 va 1980-yillarda mashhur boʻlgan deya fikr qilinadi. „Karpatka“ rasmiy nomi birinchi marta 1972-yilda bir guruh boʻlgʻusi filolog talabalar tomonidan oʻylab topilgan. Tilshunos Katarjina Smikning 2016-yilda „Narodnaya Literature“ jurnalida „Sweet Linguistics: Karpatka in Modern Colloquial Polyak“ nomli maqolasida chop etilgan tadqiqotiga koʻra, Karpatka soʻzi ilk bor talabalar uchun ilmiy qoʻllanmada keltirilgan. Karpatka u yerda pechenye sifatida tilga olingan.
„Karpatka“ uchun mahsulotlar (korj bilan krem kukuni) butun Polsha doʻkonlarida mavjud. 1995-yilda Karpatka Delecta kompaniyasi uchun Polsha Patent idorasi tomonidan roʻyxatga olingan savdo belgisiga aylandi. 1996-yilda xuddi shu nomdagi va shunga oʻxshash shakldagi mahsulot „Dr.Oetker“ firmasi tomonidan bozorga chiqarildi. Bu oʻn ikki yillik huquqiy nizoga olib keldi. Natijada 2011-yil fevral oyidaoʻsha vaqtdan Rieber Foods Polska SA nomi bilan faoliyat yurita boshlagan Delecta foydasiga yakunlandi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org