Karpat-Bolqon geologik assotsiatsiyasi




Karpat-Bolqon assotsiatsiyasi (Karpat-Bolqon geologik uyushmasi (KBGA; CBGA); 1956-yilgacha Karpat uyushmasi ; lotincha: Sociatas Carpato-Balcanica; fransuzcha: Association Carpato-Balkanique) — Karpat va Bolqon yarim orolining umumiy va mintaqaviy geologiyasiga oid fundamental muammolarni oʻrganuvchi, turli yoʻnalishlarda faoliyat olib boruvchi geologlarni birlashtirgan mintaqaviy nodavlat ilmiy tashkilot.

Tarixi



Uyushma Xalqaro geologiya kongressining 13-sessiyasida (Bryussel, 1922) „ Karpat assotsiatsiyasi “ sifatida tashkil etilgan. Uning maqsadi Karpat mamlakatlari geologlari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdan iborat boʻlgan.

Uyushmaning uchta qurultoyidan soʻng (oxirgisi 1931-yilda Chexoslovakiyada boʻlib oʻtgan) uning faoliyati deyarli toʻxtab qolgan.

1956-yilda Xalqaro geologiya kongressining 20-sessiyasi (Mexiko, 1956) qarori bilan Karpat uyushmasi faoliyati tiklangan va kengaytirilgan. Tashkilot „ Karpat-Bolqon uyushmasi “ga aylangan. Uning tarkibiga Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, SSSR, Chexoslovakiya va Yugoslaviya kirgan.

1958-yilda (27 yillik tanaffusdan soʻng) Karpat-Bolqon uyushmasining 4-qurultoyi (16-29-sentabr kunlari Kiev va Lvov shaharlarida) boʻlib oʻtdi. Qurultoyda 250 dan ortiq delegatlar qatnashdi. Uyushmaning yangi ustavi qabul qilindi.

Shundan beri Geologiya assotsiatsiyasi oʻz qurultoylarini (kongresslari) Yevropaning Karpat-Bolqon mintaqasida joylashgan turli mamlakatlarida, universitetlar, geologiya ilmiy tashkilotlari va jamiyatlari negizida oʻtkazib kelmoqda.

Rahbariyat




Qurultoylar



Karpat-Bolqon geologiya assotsiatsiyasi qurultoylari (kongresslari) ning sessiyalari.

Nashrlar



Karpat-Bolqon geologiya assotsiatsiyasining rasmiy bosma nashri — „Geologica Carpatrhica“ jurnali (Bratislava, Slovakiya) hisoblanadi.

Komissiyalar



Karpat-Bolqon geologiya assotsiatsiyasining rasmiy komissiyalari (1958-yildan):

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz