Karol Mets




Karol Mets (estoncha talaffuzi: [ˈkɑrol mets]; 1993-yil 16-mayda tugʻilgan) — estoniyalik professional futbolchi. U Shveysariyaning Zürich klubi va Estoniya terma jamoasida markaziy himoyachi yoki yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Tulevik



Mets Tulevik yoshlar tizimi orqali futbolchilik faoliyatini boshlagan va klubning oʻrinbosarlar jamoalari Tulevik II hamda Warrior safida oʻynagan.

Flora



2010-yilning noyabr oyida Mets mavsumoldi mashgʻulotlari uchun Flora klubining birinchi jamoasiga kiritildi. U klubdagi debyutini 2011-yilning 1-martida Estoniya Superkubogi uchun o‘yinda Levadiaga qarshi o‘tkazdi. Flora penaltilar seriyasida 5:3 hisobida gʻalaba qozondi. Mets Meistriliigadagi debyutini 2011-yilning 2-aprelida Kuressaare ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonganida oʻtkazgan edi. Tez orada u oʻzini Karl Palatu bilan birga Floraning birinchi tanlov oʻyinchilari sifatida koʻrsatdi. Mets Floraga 2011-yilda Meistriliiga chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berdi.

Viking



2014-yilning 5-dekabrida Mets Norvegiyaning Viking klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U Tippeligaenda debyutini 2015-yilning 6-aprelida, safarda oʻtkazdi va Viking bu oʻyinda Mjondalenga 1:0 hisobida yutkazdi.

NAC Breda



2017-yilning 31-iyulida Mets Eredivisiening NAC Breda klubiga uch yillik shartnoma asosida nomaʼlum toʻlov evaziga qoʻshildi, mish-mishlarga koʻra, toʻlov taxminan 100 000 yevroni tashkil etadi. Mets Eredivisieda debyutini 2017-yilning 12-avgustida Vitessega safarda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lganda oʻtkazdi va o‘shanda Arno Verschurenning o‘rniga o‘yinning yarmida maydonga tushgan. Mets NAC Breda uchun birinchi golini 2017-yil 20-sentyabrda, KNVB kubogining birinchi bosqichida Axilles '29 darvozasiga kiritdi va Breda oʻyinda 3:4 hisobida yutkazdi.

AIK



2019-yilning 14-martida Mets Shvetsiya chempioni AIK bilan 300 000 yevro evaziga uch yillik shartnoma imzoladi. U Allsvenskandagi debyutini 2019-yilning 31-martida maydonida Östersundga qarshi o‘yinda (0:0) o‘tkazdi.

Al-Ettifaq



2020-yilning 2-oktyabrida Mets Saudiyaning Al-Ettifaq klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

CSKA Sofia



2021-yilning 10-avgustida Mets Bolgariyaning CSKA Sofia klubi bilan 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.

FC Zürich



2022-yilning 7-yanvarida Mets Shveysariyaning Zürich klubi bilan 2024-yilning iyunigacha shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati




Mets Estoniyani 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan darajalarda himoya qildi. U 2012-yilda Estoniyada bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati uchun Estoniya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Mets guruh bosqichidagi har bir o‘yinda maydonga tushdi, biroq Estoniya Portugaliya, Gretsiya va Ispaniyaga qarshi uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgani uchun u jamoaning yarim finalga chiqishiga yordam bera olmadi.

Mets Estoniya terma jamoasi safida debyutini 2013-yilning 19-noyabrida Lixtenshteynga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 3:0 hisobida g‘alaba qozonganida oʻtkazgan edi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2021-yil 20-dekabr holatiga ko‘ra[13][14][15][16]:

Xalqaro



2018-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra[17]:

Yutuqlari



Flora

Zürich

Estoniya

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz