Karol Linetty
Karol Linetty (talaffuzi: Karol Linetti) 1995-yil 2-fevralda Polshada tavallud topgan. Polshalik futbolchi Torino klubi va Polsha terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati, 2018-yilgi jahon chempionati va 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.
Jamoalardagi faoliyati
Karol Linetty „Lech“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 2-noyabrda „Wisła Kraków“ga qarshi oʻyinda u Polsha chempionatida debyut qildi. 2014-yil 1-mart kuni „Piast“ga qarshi kechgan bahsda Karol „Lech“ safida ilk golini urdi. 2015-yilda Karol Linetty klubga chempionlik va Polsha Superkubogini yutishda yordam berdi.
2016-yilning yozida Karol Italiyaning „Sampdoria“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qildi. 21-avgust kuni „Empoli“ga qarshi oʻyinda Karol Linetty Italiya A seriyasida debyut qildi. 7-may kuni „Lazio“ga qarshi oʻyinda u „Sampdoria“ safida ilk golini urdi.
2020-yil 26-avgustda u „Sampdoria“dan A Seriyaning boshqa klubi — „Torino“ga ko‘chib o‘tdi. Transfer summasi bonuslar bilan birga 7,5 million yevroni tashkil etdi va shartnoma 2024-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. 2020-yil 19-sentabrda u „Fiorentina“ga qarshi safar o‘yinida „Torino“ safida debyut qildi. 2020-yil 23-oktyabrda u „Sassuolo“ga qarshi uy uchrashuvida „Torino“ safidagi ilk golini kiritib, o‘yinning 33-daqiqasida hisobni ochdi.
Xalqaro karyerasi
2012-yilda Karol Linetty Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Belgiya, Sloveniya, Gollandiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2014-yil 18-yanvarda Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Karol Polsha terma jamoasi safida debyut qildi . Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi.
2016-yilning yozida terma jamoa tarkibida Karol Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmadi.
2017-yilda Polsha yoshlar terma jamoasi tarkibida Karol Linetty yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2018-yilda Karol Linetty Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmadi.
Jamoalari
Manbalar
uz.wikipedia.org