Karol Świderski
Karol Grzegorz Świderski (talaffuzi: Karol Sviderski; 1997-yil 23-yanvarda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Oliy liganing Sharlotta klubi va Polsha terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardag faoliyati
Jagiellonia Białystok
Świderski oʻz faoliyatini Rawia Rawicz yoshlar akademiyasida boshlagan. 2012-yildan 2014-yilgacha UKS SMS Lodz sport maktabida shugʻullangan. Keyin, 2014-yilda Ekstraklasa vakili Jagiellonia Białystok jamoasida oʻynashni davom ettirdi. Dastlab III Liga jamoasida va ularning yoshlar akademiyasida oʻynadi. 2016—2017-yilgi mavsumda asosiy jamoada oʻynay boshladi.
PAOK
2019-yilning 20-yanvarida PAOK Świderski bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi va polshalik hujumchi bilan 2 million yevro evaziga 3,5 yillik shartnoma imzoladi. 2019-yilning 18-fevralida Świderski Apollon Smirniga qarshi safarda zaxiradan maydonga tushib gol urdi (5:1). 2019-yilning 21-aprelida „Levadiakos“ga oʻyinning soʻngi golini urdi (5:0).
Charlotte FK
2022-yilning 26-yanvarida Charlotte klubi PAOKdan Karol Świderski bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
U-18
Świderskini 2015-yilning mart oyida Polsha U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Rafał Janas LFF U-18 Federatsiya kubogi uchun terma jamoaga chaqirdi. Gruziyaga qarshi oʻyinda debyut qildi va Polsha 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Świderski oʻzining birinchi golini Latviyaga qarshi oʻyinning 9-daqiqasida kiritdi va oʻyin 1:1 hisobida yakun topdi.
U-19
Świderski U-19 terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 5-sentabr kuni Uelsga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazgan va bu o‘yin 1:1 hisobida durang bilan tugagan. Sloveniyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, jamoasining barcha goliga mualliflik qildi, bu oʻyin ham durang bila yakunlandi (2:2). Kiprda bo‘lib o‘tgan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralashida Bolgariya, Kipr va Lyuksemburgga qarshi o‘yinlarda 3 ta gol urdi.
Milliy terma jamoa
2021-yil 15-mart kuni Świderski birinchi marta 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi uchun milliy terma jamoaga chaqirildi. Andorraga qarshi oʻyinning 63-daqiqasida Robert Lewandowski oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. O‘sha oʻyinning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganida mamlakati safida debyut golini ham kiritdi. Keyinchalik UEFA Yevro-2020 uchun Polsha terma jamoasiga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
10-oktyabr, 2022-yil holatiga koʻra[17]
Xalqaro
30-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[18]
Ballar va natijalar birinchi navbatda Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
Yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org