Karno sikli




Carnot sikli  — navbatma-navbat oʻzaro almashinib turuvchi ikki izotermik jarayon va ikki adiabatik jarayondan iborat qaytar aylanma issiqlik jarayoni. Uni birinchi boʻlib Nicolas Léonard Sadi Carnot oʻrgangan (1824). Rasmda Carnot sikli koordinatalari



r


{\displaystyle r}

(bosim) va



V


{\displaystyle V}

(hajm) da koʻrsatilgan. Carnot siklida ish jismi temperatura G, li issiq jism bilan taʼsirlashib, Qt issiklikni oladi (bunda bugʻ kengayadi va ish bajaradi, izoterma 1—2). Soʻngra ish jismi adiabatik kengayib, temperatura T2 gacha soviydi (adiabata, 2—3). Shu temperatura T2 da ish jismi izotermik siqiladi va u Q2 issiqlikni sovitkichga beradi (izoterma, 3—4). Nihoyat, ish jismi Tt temperaturali boshlangʻich holatga qaytadi (adiabata, 4—1). Bunday jarayonda ish jismi bajargan foydali ish



p
V


{\displaystyle pV}

tekislikda izoterma va adiabata chiziqlar bilan chegaralangan yuzaga teng.

Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Q-Q2 A

Carnot siklining foydali ish koeffitsiyenti faqat isitkich bilan sovitkichning temperaturasiga bogʻliq boʻlib ish bajaruvchi jismning xossalariga bogʻliq emas.

Carnot siklini tahlil qilib, quyidagi muhim xulosalarga kelish mumkin: a) aynan bir xil sharoitlarda, yaʼni isitkich va sovitkichlarning temperaturalari bir xil boʻlganda barcha qaytuvchan mashinalarning foydali ish koeffitsiyenti bir xil boʻladi; b) qaytmas mashinaning foydali ish koeffitsiyenti ish sharoiti oʻxshash boʻlgan qaytuvchan mashinaning foydali ish koeffitsiyentidan hamisha kichik boʻladi. Carnot sikli termodinamika va teplotexnikaning rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz