Karne Marsel




Karne Marsel (1909.18.8 — Parij — 1996) — fransuz kinorejissyori. Psixologik drama "Jenni" (1936) uning birinchi mustaqil filmi. K. ning asosiy ijodiy mavzusi — dunyoning omonat, bekarorligi va insonning adovatli dunyodagi boshpanasiz, yolgʻizlik fojiasi boʻlib, bu mavzu "Qirgʻoqdagi tuman", "Kechki mijozlar", "Rayka bolalari", "Tartib oʻrnatish qotillari" kabi filmlarida namoyon boʻldi. "Julyetta yoki tush koʻrishga topilgan Kalit", "Tereza Raken", "Yolgʻonchilar" va b. harbiy yillardan keyin suratga olingan eng yaxshi filmlaridir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz