Karnaychi qushlar




Karnaychi qushlar (Psophiidae) - turnasimonlar turkumining bir oilasi. Ogʻirligi 1 —1,5 kg . Oyogʻi uzun, tumshugʻi qisqa, baquvvat. Patlarining rangi koʻproq qoramtir baxmalsimon. Jan. Amerikaning shim. qismida yashaydi. 1 urugʻ va 3 turi bor. Daraxtlarning shoxlari va kovaklariga uya quradi. 5— 7 ta oq rangli tuxumlarini modasi bosadi. Sernam oʻrmonlarda gala boʻlib yashaydi. Yerda tez chopadi, kam uchadi. Mevalar, har xil hasharotlar, xususan, chumolilar va ikki qanotlilar bilan oziqlanadi. K.q- uy parrandalariga tez oʻrganadi. Tutqunlikda koʻpayishi ham mumkin. Goʻshti mazali boʻlgani tufayli aholi yashaydigan yerlarda qolmagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz