Karnallit




Karnallit (nemis kon muhandisi R.Karnall nomidan) — xloridlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi KMgCl3 • 6N2O. Tarkibida magniy (8,7%), kaliy (14,1%), xlor (38,3%), suv (38,9%) hamda ozroq seziy, rubidiy, galliy (0,01% gacha) va brom (0,2% gacha) bor. Romb singoniyali. Sof K.ning kristallari shaffof, qizil, sariq, pushti va qoʻngʻir rangli. Shishadek yaltiroq, qattiqligi 2,5. Zichligi 1600 kg/m3. K kuchli gigroskopik, havo na-midan parchalanadi. Hosil boʻlishi xemogen. K. Tepaqoʻrgʻon (Oʻzbekiston), Solikamsk, Kaluga (RF), Shtasfurt (Germaniya), Gugurttogʻ, Karluq (Turkmaniston)dagi tuz konlarida bor. Oʻgʻit sifatida, namakoblari fotografiya va tibbiyotda ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz