Karmakdoshlar




Karmakdoshlar (Plumboginaceae)— ikki urugʻpallalilar (magnoliyasimonlar) sinfiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar oilasi. 12 turkumi, 600 dan ziyod turi bor. Oʻzbekistonda 7 turkumi, 31 turi oʻsadi. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli, qizil, oq, toʻq havo rang , sariq, boshoqsimon yoki roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi, Gulkosachasi pardasimon, oq va och binafsha rang . Tojbargi 5 ta, pastki qismi qoʻshilgan, changchisi 5 ta. Mevasi bir urugʻli yongʻoqcha. Bargi oddiy, baʼzan patsimon qirqilgan, cheti tekis, ketma-ket joylashgan. K., asosan, choʻllarda, shoʻrxok va sernam yerlarda, ekinlar orasida oʻsadi. K.dan mahalliy xalq qadimda boʻyoq olishda foydalangan, oshlovchi modda ham olinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz