Karma




Karma (sanskritcha — harakat, faoliyat) — hind dinlari (hinduiylik, buddizm, jaynizm) va falsafasining asosiy tushunchalaridan biri. Sansara tushunchasini toʻldiradi. Keng maʼnoda— har qanday tirik mavjudot tomonidan qilingan xatti-harakatlar va ularning oqibatlari majmui boʻlib, tirik mavjudotning yangitdan tugʻilish, qayta mujassamlanish xususiyatini belgilaydi. Tor maʼnoda — hozirgi va kelgusidagi mavjudlik harakteriga xattiharakatlarning koʻrsatadigan taʼsiri.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz