KARMA (sanskritcha — harakat, faoliyat) — hind dinlari (hinduiylik, buddizm, jaynizm) va falsafasining asosiy tushunchalaridan biri. Sansara tushunchasini to’ldiradi. Keng ma’noda — har qanday tirik mavjudot tomonidan qilingan xatti-harakatlar va ularning oqibatlari majmui bo’lib, tirik mavjudotning yangitdan tug’ilish, qayta mujassamlanish xususiyatini belgilaydi. Tor ma’noda — hozirgi va kelgusidagi mavjudlik xarakteriga xatti- harakatlarning ko’rsatadigan ta’siri.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish