Karlsrūe
Karlsrue — Germaniyadagi shahar, Baden-Vyurtemberg yerida. Aholisi 276,5 ming kishi (1998). K. — transport yoʻllarining yirik tuguni, daryo porti. Kanal orkali Reyn daryosiga chiqiladi. Neftni qayta ishlash (neft quvurlar orqali Marseldan keltiriladi), transport (stanok, vagon, lokomotiv) va elektrotexnika mashinasozligi, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shahardan 10 km narida (Leopoldxafen) atom tadqiqotlari markazi joylashgan. Unt, Texnologiya instituti, Tasviriy sanʼat Davlat akademiyasi, Baden oʻlka muzeyi, Kunstxalle badiiy muzeyi, botanika va hayvonot boglari mavjud. K. 1715 yilda markgraf Karl Vilgelm tomonidan bunyod etilgan. 18—19-asrlarda qurilgan saroy va bogʻlar bor.
Karlsruhe Germaniyaning Baden-Württemberg yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Maydoni — 173,46 km. 294 761 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).
Geografiyasi
Hududi
Karlsruhening hududi 173,42[3][4] kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha 115 va 118 m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
Fotogalereya
Manbalar
uz.wikipedia.org