KARLO-VIVARI TUZI, Karlsbad tuzi — Chexiyadagi Karlovi-Vari kurortining mineral buloqlaridan olinadigan tuz. Sun’iy yo’l bilan ham tayyorlanadi, uning tarkibida natriy sulfat, natriy gidrokarbonat, natriy xlorid, kaliy sulfat bor Karlo-vivari tuzi — oq kukun, mazasi taxir-sho’r, suvda yaxshi eriydi. Jigarning ba’zi kasalliklari, surunkali gastrit, me’daning yara kasalligida buyuriladi, shuningdek, surgi o’rnida ichiladi. Uyquga yotishdan oldin yoki nahorga yarim stakan suvga 1 choy qoshiq (bolalar uchun) yoki 1 osh qoshiq (kattalar uchun) solib ichiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish