Karli Rey Jepsen
Carly Rae Jepsen (talaffuzi: Karli Rey Jepsen; 21-noyabr 1985-yilda tugʻilgan) kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. Britaniya Kolumbiyasining Mission shahrida tugʻilib oʻsgan Jepsen maktabda oʻqigan chogʻlarida turli maktab teatr sahnalarida rol ijro etdi. Maktabni tugatgach, Britaniya Kolumbiyasining Victoria shahridagi Kanada sahna sanʼat kollejiga kirdi. Oʻqishni tamomlaganidan soʻng, Vancouver shahriga koʻchib oʻtdi va 2007-yilda Canadian Idol shousida qatnashib, uchinchi oʻrinni oldi. 2008-yilda Jepsen ilk studiyaviy albomi — Tug of Warni ommaga havola etdi.
Jepsen 2012-yilda „Call Me Maybe“ ashulasini chiqarib, bu unga shuhrat keltirdi. Ashula yilning eng koʻp sotilgan singli boʻldi va 18 ta mamlakat musiqiy chartlarida choʻqqiga erishdi. Natijada, u School Boy Records va Interscope Records studiyalari bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. Jepsenning ikkinchi studiyaviy albomi boʻlmish Kiss shu yilning oxirlarida chiqarildi. Tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan bu albom AQSh va Kanada chartlarida yuqori oʻntalikka kirdi. 2014-yilda Jepsen Broadway teatrida sahnalashtirilgan Cinderella myuziklida titular qahramonni jonlantirdi. Keyingi yili uchinchi studiyaviy albomi — Emotionni chiqardi. Tijorat jihatdan, ushbu albom Kissga qaraganda kamroq daromad keltirgan boʻlsa-da, albomning yetakchi singli boʻlmish „I Really Like You“ muvaffaqiyat qozonib, musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilandi. 2016-yilda Jepsen Grease: Live teleserialida suratga tushdi hamda Ballerina animatsion filmida Odette personajiga ovoz berdi. Uning toʻrtinchi studiyaviy albomi — Dedicated 2019-yilning 17-mayida chiqarilib, omma va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. Bir yil oʻtib, Jepsen navbatdagi albomi Dedicated Side Bni ommaga taqdim etdi.
Jepsen koʻplab yutuqlarga, jumladan uch marta Juno Awards, bir marta Billboard Music Award va bir marta Allan Slaight Awardga sazovor boʻlgan, shuningdek, Grammy Awards, MTV Video Music Awards, Polaris Music Prize va People's Choice Awardsga nozmod boʻlgan. 2015-yil mayiga koʻra, Jepsen umumjahon boʻylab 25 milliondan oshiq audioyozuvini sotgan.
Diskografiyasi
Filmografiyasi
Televideniye
Film
Teatr
Turnelari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org