Karles Koto
Karles Koto Paxes (isp. Carles Coto Pages) - Ispaniyalik futbolchi. 1988-yilning 14-fevral kuni Ispaniyanning Kataloniya muxtor viloyatidagi Figeras shahrida tugʻilgan. Ampluasi yarim himoyachi. Hozirda Toshkentning Bunyodkor klubi aʼzosi.
Faoliyati
Kublardagi karyerasi Karles Koto Yevropa grandlaridan biri boʻlmish Kataloniyaning [[Barselona klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-2008-yillarda Belgiyaning «Muskron» klubida oʻynadi. Keyinroq Ispaniyaning quyi divizionlaridagi «Sevilya B» va «Benidorm» klublari safida oʻynagan. 2010-2011-yillarda Qibrisning «Anortosis» klubida oʻynadi. 2011-yilda Gurjistonning «Dinamo Tbilisi» bilan shartnoma imzoladi va oʻsha yili Gurjiston Chempionatida gʻalaba qozondi. 2013-yilda Belarus «Dinamo Minsk» klubiga oʻtdi va bir mavsum ushbu klubda toʻp surgach, 2014-yilda Oʻzbekistonning «Bunyodkor» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Terma jamoadagi karyerasi Karles Koto Ispaniyaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2004-yilda oʻsmirlar terma jamoasida 4 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta gol urgan. 2007-yilda esa 19 yoshgacha boʻlgan Yevropa Chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida Chempionlikni qoʻlga kiritdi. Karles Koto yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org