Karl yuragi
Karl yuragi (lotincha: Cor Caroli) Tozilar yulduz turkumidagi qoʻshaloq yulduzdir. Ushbu yulduz Tozilar yulduz turkumidagi birgina yorugʻ yulduz hisoblanadi.
„Karl yuragi“ nomi ilk bora 1660-yilda Charles Scarborough tomonidan Alpha Canum Venaticorum yagona yulduzini tarkibga olgan yulduzlar turkumi nomi oʻlaroq taklif qilingan. Toʻliq koʻrinishi Kor Karoli Regis Martiris (Jafokash qirol Karl yuragi) boʻlib, yulduzlar turkumi 1649-yili Oliver Cromwell tomonidan qatl etilgan Charles I ga sharafiga atalgan. U hukmron qirol Charles II ning otasi hisoblanadi. Scarborough aynan huzurida faoliyat yuritgan. XVIII asr va undan keyingi davrlar astronomik atlaslarda notoʻgʻri nom — Charles II ning yuragi bilan ham kiritilgan. Yulduzlar turkumi XIX asr oxirigacha amalda boʻlgan. Keyinchalik, yulduzlar turkumi emas, degan xulosaga kelingach, Alpha Canum Venaticorum shu nom bilan atalgan. Yulduz, shuningdek, afsonaviy Arkada itlarining nomlari — Asterion va baʼzida Xara (Chara) nomlari bilan ham atalgan.
Fizik xususiyatlari
Ikkilik tizimning asosiy yulduzi (α2 Canum Venaticorum) — bu issiq koʻk-oq tusli, A0pe spektral tasnifidagi asosiy uzviylik yulduzi boʻlib, kremniy, yevropiy va simobning anomal ravishda kengaygan spektral chiziqlariga ega. Yulduz oʻzgaruvchan yulduzlar sinfining prototipi hisoblanadi va α2 Canum Venaticorumning oʻzgaruvchan turidir. Uning oʻzgaruvchanligining sababi — aylanishi va Quyoshnikidan 100 marta kuchli boʻlgan magnit maydonidir. Bu yulduzning fotosferasida ulkan dogʻlar va turli tumanligini keltirib chiqaradi. α2 Canum Venaticorum shuʼlasining kuchi 5,47 kunlik davr bilan +2,84 dan +2,94 gacha oʻzgarib turadi.
Tizimning ikkinchi komponenti asosiy komponentdan 19,6" burchak masofasida asosiy ketma-ketlikda joylashgan sargʻish tusli mitti fazoviy jismdir.
Asterizmlar
Karl yuragi Arcturus, Spica va Denebola yulduzlari bilan birgalikda „Parizod burjining olmosi“ asterizmiga kiradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org