Karl XII




Karl XII (1682.17.6, Stokgolm-1718.30.11, Frederiksxall, Norvegiya) — Pfals-Svaybryukken sulolasidan boʻlgan Shvetsiya qiroli (1697 yildan), sarkarda. Shimoliy urush (1700— 21) boshlarida bir kancha yirik gʻalabalarga erishgan, lekin Rossiyaga bostirib kirishi (1708) uning Poltava jangi (1709)dagi magʻlubiyati bilan tugagan; Turkiyaga qochgan, 1715 yilda Shvetsiyaga qaytgan. Norvegiyaga qilingan bosqinchilik yurishi paytida oʻldirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz