Karl XII



Karl XII (1682.17.6, Stokgolm-1718.30.11, Frederiksxall, Norvegiya) — Pfals-Svaybryukken sulolasidan bo’lgan Shvetsiya qiroli (1697 yildan), sarkarda. Shimoliy urush (1700— 21) boshlarida bir qancha yirik g’alabalarga erishgan, lekin Rossiyaga bostirib kirishi (1708) uning Poltava jangi (1709) dagi mag’lubiyati bilan tugagan; Turkiyaga qochgan, 1715 yilda Shvetsiyaga qaytgan. Norvegiyaga qilingan bosqinchilik yurishi paytida o’ldirilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz