Karl Pauker




Karl Viktorovich Pauker (1893-yil 12-yanvar, Lemberg, Avstriya-Vengriya – 1937-yil 14-avgust, Moskva, SSSR) – Sovet razvedka xizmatlari katta ofitseri, Stalin xavfsizlik xizmati rahbari, 2-darajali davlat xavfsizlik komissari.

Biografiyasi



Karl Viktorovich Pauker 1893-yil 12-yanvarda Avstriya-Vengriya tarkibidagi Lenberg shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni oʻz uyida olgan. U Budapeshtda 1906-yildan 1912-yilgacha sartarosh, 1912-yildan 1914-yilgacha qandolatchi boʻlib ishlagan.

1914-yili Birinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, armiyaga chaqirilgan. Galisiyadagi 1-harbiy polkida jang qilgan. 1915-yil rus qoʻshinlari tomonidan asirga olinib, Turkiston asirlar lagerida saqlanadi. Samarqand viloyatida sodir boʻlgan baynalminalistik asirlar harakati ishtirokchisi. Karl Pauker 1917-yil ozodlikka chiqdi. Ozodlikka chiqqandan soʻng, Samarqandda sartaroshlik va tikuvchilik bilan shugʻullandi. U 1917-yildan Rossiya ijtimoiy demokratik partiyasi aʼzosi. 1917-yildan 1918-yilgacha Samarqand harbiy komendanti yordamchisi lavozimida ishladi. 1918-yil dekabr oyida Samarqand boshqaruv organi xodimi lavozimi egalladi. 1919-yil yanvar oyidan 1920-yil boshigacha maxfiy operativ boʻlinma boshligʻi sifatida ishlay boshlaydi. Karl Pauker 1920-yil Ishchi-dehqonlar Qizil armiyasi safiga chaqirtiriladi. Oʻsha yilni oʻzida, 12-armiyaning 46-piyoda diviziyasining Polsha boʻyicha boshligʻi sifatida ish boshladi. Karl Pauker 1935-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi.

Oʻlimi



Karl Pauker 1937-yil 15-aprelda partiya safidan chiqarib yuborilgan. 19-aprelda esa, Stalinga suiqasd qilishga tayyorgarlik koʻrganlikda ayblanib, hibsga olingan. 1937-yil SSSR Oliy sudi Harbiy kengashi uni oʻlimga huk qildi. Shu kuni Moskva shahridagi Kommunarka poligonida otib oʻldirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz