Karl Ouimette




Karl William Ouimette (talaffuzi: Karl Uilyam Uymett) — kanadalik futbolchi, „Indy Eleven“ jamoasida hamda Kanada terma jamoasida himoyachi sifatida faoliyat yuritadi.

Jamoalardagi faoliyati




Karl Ouimette „Montreal Impact“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 5-iyun kuni klub uni qoʻshib olgan. 2012-yil 21-iyulda u MLSdagi debyutini „Houston Dynamo“ga qarshi o‘tkazgan. 2013-yil 19-oktabrda Filadelfiyaning „Union“jamoasiga qarshi oʻyinda Karl jamoa uchun birinchi golini urgan. 2013 va 2014-yillarda u ikki marta Kanada chempionatida gʻolib chiqqan . 2015-yil 6-fevralda „Montreal Impact“ Karl Ouimetteni chiqarib yuborgan.

2015-yil 5-martda Karl Ouimette Amerikaning „New York Red Bulls“ tomonidan imzolangan. U „New York Red Bulls“ uchun debyutini 3-may kuni oʻtkazgan. 2016-yilgi mavsum yakunida „New York Red Bulls“ futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.

2018-yil 2-fevralda Karl USLning „Indy Eleven“ klubi bilan shartnoma imzolagan. „Indy Eleven“ klubi uchun u 24-mart kuni asosiy tarkibda maydonga tushgan „Richmond Kickers“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U „Indy Eleven“ uchun birinchi golini 26-iyun kuni „Nashville“ ga qarshi oʻyinda kiritgan.

Xalqaro faoliyati



2013-yil 19-noyabrda Sloveniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Karl Ouimette Kanada terma jamoasida debyut qildi va ikkinchi bo‘limda Adam Strait o‘rniga maydonga tushdi. Oʻsha yili Karl terma jamoaning KONKAKAF Oltin Kubogiga daʼvogarlik qilgan edi. Turnirda u Kosta-Rika terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

Statistikasi




Xalqaro statistikasi




Yutuqlari



Jamoaviy yutuqlari

"Impact Montréal"

"New York Red Bulls"

"San Francisco Deltas"

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz