Karl Landsteiner




Karl Landsteiner (1868.14.6, Vena yaqinidagi Baden — 1943.26.6, Nyu York) — avstriyalik immunolog, immunogematologiya asoschilaridan. Vena (1911-yildan) va Rokfeller (Nyu-York, 1922-yildan) universitetlari professor 1922-yildan AQShda. Odamning qon gruppalarinm (1900, Ya. Yanek bilan birga) va rezus-faktorni (1940, A. Viner bilan hamkorlikda) kashf etgan, P Levin bilan odam qoni eritrositlaridagi 2 antigenni aniklagan. Zahm diagnostikasini, 1909-yilda E. Popper bilan hamkorlikda poliomiyelit infeksion kasallik ekanligini tadqiq qilgan. Uning kompleks antigenlar borasidagi ilmiy izlanishlari immunologiya fani rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Nobel mukofoti laureati (1930).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz