KARIOPLAZMA



KARIOPLAZMA (Kario… va plazma) — kariolimfa, yadro suyuqligi — hujayra yadrosi ichidagi barcha xromatin, yadrochalar, shuningdek, har xil granulalar. Xromatin kimyoviy moddalar bilan ekstraktsiya qilinganidan so’ng Karioplazmada qalinligi 2-3 santimetr bo’lgan oqsil fibrillaridan tuzilgan yadro matriksi saqlanib qoladi. Bu matriks yadrochalar, xromatin, yadro pusti porasi komplekslarini va boshqa tuzilmalarni birlashtiruvchi yadro sinchini hosil qiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz