Kariogramma




Kariogramma (kario... va yun. gramma— ras, chiziq) — bitta hujayra xromosomalarining barcha tafsilotlari bilan aynan oʻziga oʻxshatib aks ettirilgan (foto yoki chizma rasm) va sistemalashtirilgan toʻplami (qarang Kariotip). Sistemalashtirish gomologik xromosomalar juftlarini yoki identifikatsiyalash mumkin boʻlmagan xromosomalar guruhini tanlash va mazkur juft (guruh)ning tur idiogrammasiga mos ravishda tartibini yoki harfini aniqlash orqali amalga oshiriladi. K. tahlilining asosiy vazifasi biror guruhga mansub, tashqi koʻrinishdan oʻxshash boʻlgan xromosomalar farqini aniqlashdan iborat.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz