Karina Cyfka




Karina Cyfka (qizlik familyasi: Szczepkowska ; 1987-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) — polshalik shaxmatchi. FIDE yosh shaxmatchiga 2010-yil yanvar oyida ayol grossmeyster va 2016-yil sentyabr oyida xalqaro usta shaxmatchi unvonlarini berdi.

Faoliyati



Karina Cyfka shuningdek, Karina Szczepkowska-Horowska nomi bilan ham tanilgan. U 2003-yilda u 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar toifasida shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida rossiyalik Polina Malysheva bilan tenglashib, tay-breykda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Cyfka Polsha oʻsmirlar chempionatida koʻp karra sovrindor boʻlgan va 2020-yilda Polsha ayollar chempionatida gʻolib chiqqan.

U Polsha terma jamoasi safida ayollar shaxmat olimpiadasida, shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jamoaviy jahon chempionatida va ayollar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha Yevropa jamoaviy chempionatida faol ishtirok etgan. Keyinchalik esa, 2016-yilda Cyfka Ozarbayjonning Boku shaxrida boʻlib oʻtgan 42-shaxmat Olimpiadasida ayollar bahsida ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi, bu esa uning yuqori natijalaridan biri edi. Ushbu musobaqada Polsha ikkinchi oʻrinni egalladi va u uchinchi stolda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Koʻplab shu kabi oʻyinlarda Karina katta jasorat koʻrsatib, oʻz terma jamosiga yuqori oʻrinlarni olib keldi. U shaxsiy hayoti haqida juda kam gapiradi, lekin u doim yaqinlari bilan vaqt oʻtkazishni yaxshi koʻradi. Shaxmat shaxsiy hayotining ajralmas bir boʻlagiga aylangani uchun kundalik faoliyatida shaxmat bilan hobbisi kabi mashgʻulot qiladi. Bu esa unga katta zavq beradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz