Karimxon Toʻrayev
Karimxon Toʻrayev (1935-yilda tugʻilgan — 1989-yil 19-iyunda vafot etgan) — oʻzbekistonlik xonanda va sozanda.
Faoliyati
1964-yili Andijon shahrida joylashgan Toʻxtasin Jalilov nomidagi sanʼat bilim yurtiga oʻqishga kirgan. Muassasani tamomlagandan soʻng, kursdoshlari hamkorligida Xakanda 16-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabini tashkil etgan. Shuningdek, Andijon tumanida ham 1-sonli musiqa maktabini ochishgan. 1969—1973-yillarda Andijondagi maktabda gʻijjak chalishdan dars bergan. Ushbu tumandagi 43-sonli maktabda (1973—1984-yillar) hamda umrining oxirigacha 45-maktabda musiqa fanidan dars bergan.
1967-yili Oʻzbekiston televideniyesida viloyat va tumanlararo qoʻshiq festivalida 1-oʻrinni egallagan.
Yana qarang
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org