Karimova Saboxon




Saboxon Karimova (1917.8.1, Qoʻqon — 1988.7.7, Toshkent) — aktrisa, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1932— 56 yillar Qoʻqon teatrida, 1957—80 yillar Hamza teatrida ishlagan. K. qajvkorlik qobiliyati bilan hazilkash, gʻayratli, jurʼatli ayollar, shuningdek, muhabbat sanamlari obrazini oʻziga xos mahorat bilan yaratgan. Eng yaxshi rollari: Shirin (Xurshid asari; Yu. Rajabiy musiqasi, "Farhod va Shirin"), Onaxon (Komil Yashin, "Nomus va muxabbat"), Oftobxon (Komil Yashin; X. Toʻxtasinov, "Oftobxon"), Oybarchin (S. Abdulla; T. Jalilov, "Alpomish"), Sanobar (Baxrom Rahmonov, "Yurak sirlari"), Netayxon (A. Qahxrr, "Tobutdan tovush"), Dilbar (R. Bobojon, "Togʻajiyanlar"), Huriniso (Erkin Vohidov, "Oltin devor") va b. Rej. sifatida U. Hojibekovning "Arshin mol olon", Uygʻunning "Qaltis hazil", Komil Yashinning "Gulsara", "Nurxon" kabi asarlarini sahnalashtirgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz