Karimov Turgʻun Aʼzam oʻgʻli




Turgʻun Aʼzam oʻgʻli Karimov (1916 — Toshkent — 1969.9.11) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1950). Ashula sanʼati yoʻllarini Yu. Rajabiy va A. Haydarovayan oʻrgangan. Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1935 — 42 va 1947—53), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1942—47) hamda Oʻzbek davlat estradasi (1953— 59)da xonanda. Katta Fargʻona kanali, Farhod GES, Kattaqoʻrgʻon suv ombori qurilishlarida qatnashgan. Repertuaridan oʻzbek mumtoz va xalq ashulalari — "Ushshoq", "Buxoro Irogʻi", "Oh kim, rahm aylamas", "Oromijon", "Ul parivash" hamda zamonaviy bastakorlar asarlari urin olgan: "Raʼnolanmasun", "Qadah" (Yu. Rajabiy), "Bormikin" (J. Sultonov), "Soʻlim" (I. Ikromov), "Qorabayir" (F. Sodiqov), "Istadim" (F. Toshmatov) va b. Shuningdek, A. Xay-darov, O. Imomxoʻjayevlar bilan hamnafaslikda "Fargʻonacha shahnoz", "Hanuz", "Fargʻonacha jonon", "Chaman yalla", "Oʻlmasun" (J. Sultonov) kabi ashulalarni mahorat bilan ijro etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz