Karimov Mirqodir Abzalovich




Mirqodir Abzalovich Karimov (1906.3.3 — Toshkent — 1979.26.12) — fitopatolog-mikolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), biol. fanlari doktori (1954); professor (1954). Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1931). Toshkent oʻsimliklarni himoya qilish texnikumida ilmiy boʻlim mudiri, Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida dots., professor (1935—71), fitopatologiya kafedrasi mudiri (1972—79). Ilmiy ishlari beda zamburugʻ kasalliklari qoʻzgatuvchilarini aniqlash, gulli parazit oʻsimliklarga qarshi kimyoviy kurash usullarini ishlab chiqish, gʻoʻza, beda va b. ekinlarining kasalliklarini oʻrganishga bagʻishlangan. As: Gʻoʻza kasalliklari, T., 1975.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz