Karimov Jo‘ra




Joʻra Karimov (1946.17.12, Qarshi tumani Yakkayogʻoch qishlogʻi) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Qarshi pedagogika institutining fizika-mat, fakultetini tugatgan (1968). 1968-79 yillarda Qarshi tumanidagi 12- maktab, 1979-yildan 9-maktabda fizika oʻqituvchisi. Karimov fizika darsini oʻzi yasagan koʻrgazmali qurol asosida oʻtkazadi. Uning baholar koʻrsatkichi, elektr harakati koʻrgazmalari koʻrgazmali qurollar tanlovida sovrinli oʻrinni egallagan. Karimov yangi pedagogik texnologiyalar asosida fizika fanini oʻqitishda "konferensiya", "muloqot", "milliy oʻyinlardan foydalanish" kabi zamonaviy darslar orqali EHMlardan foydalangan holda oʻquvchilarga bilim berib kelmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz