Karimjon Karlson
„Karimjon–Karlson“ — oʻzbek shoiri va yozuvchisi Safar Barnoyev qalamiga mansub qissa va hikoyalar toʻplami. 1988-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga bolalar uchun moʻljallangan qissa va hikoyalar kiritilgan.
Kitobga Barnoyevning avval chop etilgan qissa va hikoyalari, shuningdek, 1980-yillarning oxirida yozilgan hikoyalari kiritilgan. Toʻplam 22 ta hikoya, 11 ta kichik hikoya hamda „Yangi oy“ qissasini oʻzida jamlagan. Kitob yakunida muallifning avtobiografiyasi keltirilgan.
Qissa va hikoyalar
Hikoyalar
Qirq yettinchi yil hikoyalari
Kichik hikoyalar
Qissalar
Manbalar
uz.wikipedia.org