Karimiddin Mavʼidiy
Karimiddin Mavʼidiy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan hindistonlik tasavvuf shayxi. Tavakkul, tajrid va tafrid bilan yashashni hayotning maslagi, deb bilgan va unga soʻzsiz amal qilgan. Doʻstiga bergan vaʼdasiga vafo etish uchun qirq yil bir joyda yashagan. Qabri Dehli namozgohining yonida. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Alisher Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org