Karim Xonkeldiyev




Karim Xonkeldiyev (1912.9.5, Andijon — 1977.18.8, Guliston, Toshkentda dafn etilgan) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1934—58 yillar Andijon teatrida, 1958—77 yillar Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. Frans Moor (F. Shiller, "Qaroqchilar"), Mavlon (Abdulla Qahhor, "Shohi soʻzana"), Ilhom (B. Rahmonov, "Yurak sirlari"), Zavqiy (S. Abdulla, "Muqimiy"), Xolmat (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Jevakin (N. Gogol, "Uylanish") kabi obrazlarni Andijon teatri sahnasida yaratdi. Qahramonlar xususiyatini, ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini hayotiy va real tasvirlay oluvchi oʻziga xos aktyorlardan. "Muso Jalil" (N. Isambet)da Borman, "Shum bola"da Hojibobo kabi turli xarakterdagi rollar ijro etib, aktyorlik mahoratining yangi qirralarini namoyish etdi. 1959-yildan Toshkent televideniyesida "Yulduzcha", 1962—77 yillar "Otalar soʻzi aqlning koʻzi" koʻrsatuvlarini olib borgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz